Ro‘ziqul Berdiev: Asosiy muammomiz hujum chizig‘ida bo‘lyapti"

  • 5 aprel, 2023, 23:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

"B" guruhi ishtirokchisi "Nasaf" bugun "Qo‘qon-1912"ga qarshi maydonga tushdi. Qo‘qondagi "Markaziy" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv yakunlangach, "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun biz ko‘proq himoyaga e’tibor berib o‘ynadik. "Qo‘qon-1912" jamoasi esa pozitsion qarshi hujumlardan o‘z omadini izladi. Biz himoyada yaxshi harakat qildik va bitta vaziyatda raqib darvozasiga gol kiritib, g‘alabaga erishdik. Muxlislar ham bildiki, mazkur o‘yinda kam amaliyotiga ega futbolchilarga imkoniyat berdim. Ba’zi bir kamchiliklar bo‘ldi, biroq barcha futbolchilar g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi. 

Imkon qadar Azizibek Amonovga sharoit yaratib beryapmiz, maydondagi vazifasini bajarish uchun. Lekin halicha biz kutgan natijani, o‘yinni ko‘rsata olmayapti. Lima ham safimizga qaytdi. Albatta endi hujumda raqobat kuchli bo‘ladi. Kim o‘yinga tayyor bo‘lsa o‘shanga imkoniyat beramiz. 

Oxirgi o‘yinlarni oldigan bo‘lsak, asosiy muammo hujum chizig‘ida bo‘lyapti. Raqib maydonigacha yaxshi harakat qilyapmiz. Yakunlashda esa sovuqqonlik va mahorat etishmayapti", dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!