
Ro‘ziqul Berdiev: "Tarixiy voqea sababchisi bo‘lganimizdan mamnunman"
Superliganing 23-turida "Nasaf" safarda "Lokomotiv"ni mag‘lub etdi va chempionlikni muddatdan avval hal qildi. "Ajdarlar" murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bahsdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugungi g‘alaba bilan barcha "Nasaf" muxlislarini tabriklayman. Tarixiy voqea sababchisi bo‘lganimizdan mamnunman. Mazkur bahs raqiblarimiz uchun muhim edi. Sababi, ularga ochko juda zarur edi. "Lokomotiv" bahs davomida kuchli qarshilik ko‘rsatishini bilgan edik. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda juda ko‘p va xavfli vaziyatlar yarata oldik. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani esa vazifamizni ancha engillashtirdi. To‘p nazorati va pozitsion harakatlarga e’tibor qaratdik.
Akmal ba’zida hujumga qo‘shilib turadi. Bugungisi esa o‘z samarasini berdi. Nafaqat bugun, balki, birinchi davradagi o‘yinlarda ham bu bizning foydamizga ishlagan edi. Uning goli biz uchun juda muhim edi va g‘alabaga katta hissa qo‘shdi, - deya o‘z fikrlarini bildirdi Ro‘ziqul Berdiev.
Fikrlar