Rubin Xebay - "Andijon"ning joriy yildagi eng yaxshi futbolchisi!

  • 24 dekabr, 2023, 10:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, “Andijon” matbuot xizmati jamoaning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisini ovoz berish yo‘li orqali aniqlashni maqsad qilgan.

Yaqinda dastlabki so‘rovnomani o‘tkazildi. Unda bu yilgi mavsumda maydonga tushgan barcha futbolchilar ishtirok etishdi va har bir pozitsiyada eng ko‘p ovoz to‘plaganlari yakuniy hal qiluvchi so‘rovnomada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgandilar.

Shunga asosan darvozabon Igor Litovka, himoyachi Ildar Mamatkazin, yarim himoyachi Muhammadkarim Toirov va hujumchi Rubin Xebay “Andijon”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun ikkinchi bosqich so‘rovnomasida qatnashdilar.

Unga ko‘ra, ikkinchi, hal qiluvchi so‘rovnomada jamoaning albaniyalik hujumchisi Rubin Xebay eng ko‘p ovoz to‘pladi va “Andijon”ning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. 

xebay23

Ta’kidlash kerakki, Xebay joriy yilgi mavsumda “Andijon” tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi. U hammasi bo‘lib, “Burgutlar” safida 27 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi. Natijada jamoamizning mutlaq to‘purariga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 3 ta golli uzatma ham bor.

Bundan tashqari, O‘zPFL tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan so‘rovnomaning yakuniy uchligidan ham Xebay o‘rin olgan va unda Superliganing ham eng yaxshi futbolchisi bo‘lish imkoniyati bor.

“Andijon” matbuot xizmati.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!