"Rubin"da o‘ynaydigan legionerlarimiz O‘zbekiston MTJ hamda OTJdan chaqiruv oldi

  • 1 sentabr, 2023, 09:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiyaning "Rubin" klubida o‘ynaydigan legionerlarimiz Rustam Ashurmatov O‘zbekiston terma jamoasidan, Umaralarali Rahmonaliev esa Olimpiya terma jamoamizdan chaqiruv oldi. Bu haqda Qozon klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ashurmatov AQSh va Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi. 27 yoshli himoyachi “CAFA Nation’s Cup 2023” musobaqasida qatnashmagan edi.

Umarali Rahmonaliev U23 Osiyo kubogi saralashi doirasida Afg‘oniston, Gonkong va Eron terma jamoalari bilan o‘ynaydigan O‘zbekiston U23 terma jamoasiga chaqirildi.

Ma’lumot uchun, futbolchilar 2 sentyabr kuni Ruslanbek Jiyanov va Ibrohimhalal Yo‘ldoshev harakat qiladigan "Nijniy Novgorod"ga qarshi o‘yindan so‘ng terma jamoamiz safiga kelib qo‘shiladi.

 

patch

apta

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!