Rumin tennischisini tutib olishdi

Ruminiyalik tennischi Adrian Barbu ta’qiqlangan dori vositasini qabul qilishda ayblashmoqda.

U 2017 yilning avgust oyida Germaniyada o‘tgan "Chellenjer" musobaqasida doping nazoratidan o‘tkazilgan edi. Shunlan so‘ng Adrianning qonida nandrolon va metenolon kabi moddalar aniqlandi.

Sportchi esa bu dori vositalarini faoliyatida tanaffus qilgan vaqtda iste’mol qilganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, biroq uning bu gaplarini inobatga olmagan nazoratchilar tennischini 2019 yilning avgust oyiga qadar musobaqalardan chetlashtirdi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!