
Ruslan Abdullaev ham kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev frantsiyalik Lounes Xamraouiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 15:10dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Hamyurtimiz birinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi - 3:2.
Hakamlar ikkinchi raundda hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Ruslan Abdullaev uchinchi raundda ham g‘alabaga erishdi - -3:2. Yakuniy hisob 4:1 hamyurtimiz foydasiga. Ruslan ham yarim finalga chiqdi. U kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
Fikrlar