Ruslan Ahmedov: "Strategiyamiz bo‘yicha chiroyli o‘ynashga harakat qilamiz, ammo natija muhim"

  • 5 oktabr, 2022, 21:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Xorazm” – “Turon” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov ishtirok etdi.

- Avvalambor, Xorazm viloyati muxlislari va rahbarlarini g‘alaba bilan tabriklayman. Kuchli beshlikda og‘ir o‘yinlar bo‘ladi. Chempionat avjiga kirdi. 4 ta jamoa Superligaga da’vogarlik qilyapti. Biz ham kurashyapmiz. Chiroyli o‘yinimiz bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilyapmiz. Ertaroq gol urganimizni sababi, reja bo‘yicha hujumkor taktika qo‘llashimiz kerak edi. Ammo tezkor goldan keyin negadir bo‘shashib qoldik. Himoyaga ko‘proq e’tibor berdik. Bunday vaziyatda raqibning hujumlari gol bilan tugashi mumkin edi. Kutilganidek, ular hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda rejani o‘zgartirdik. Bizga g‘alaba muhim edi. Raqib ham borini berishini bilardik. Taktikani o‘zgartirib 5 ta himoyachi bilan o‘ynab qarshi hujum taktikasiga o‘tdik. Natijada ikkinchi golni urdik. G‘alaba bilan hammani tabriklayman.

- “Xorazm” o‘zining eng yaxshi sport formasiga kirib oldimi yoki “Turon”ga qarshi qandaydir taktika qo‘llab g‘alaba qozondimi?

- Taktika bilan strategiyani amalga oshirish kerak. Ularda motivatsiya ko‘proq. Bizda ham motivatsiya yomon emas. Raqibda bizga nisbatan saviyali o‘yinchilar ko‘proq. Strategiyamiz bo‘yicha chiroyli o‘ynashga harakat qilamiz. Ammo bizga natija muhimroq.

- Roki Marchianoning sermahsulligi haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz. U bilan alohida ishlayapsizlarmi?

- Ha, albatta. Unga individual tomondan alohida mashqlar berganmiz, shuning ustida ishlayapmiz. Nafaqat Marchiano, balki barcha o‘yinchilar ham o‘z ustida ishlashyapti. Futbolchilar saviyasini ko‘tarishlari uchun doimiy ravishda mehnatda bo‘lishlari kerak. Marchiano yaxshi formada va 2 ta goli bilan “Xorazm”ga g‘alaba keltirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!