
Sabina Sharipova asosiy to‘rga yo‘l oldi
Misrning Qohira shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada Sabina Sharipova ikkinchi g‘alabasini nishonladi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova mazkur turnirning saralash bahslarida dastlab, meksikalik tennischi Mariya Ramires 6:0, 6:1, ikkinchi uchrashuvida belgiyalik Magali Kempenni 6:4, 2:6, 12:10 hisobida taslim qildi.
Mazkur g‘alaba tennischimizga yakkalik bahslarining asosiy to‘rida ishtirok etish huquqini berdi. Endi Sabina ilk davrada belaruslik Shalimar Talbiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar