Said Mullai atayin yutqazgan edimi?

  • 13 sentabr, 2019, 03:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Eronlik Said Mullai yaqindagina Tokioda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatidan so‘ng, Eron terma jamoasi safida boshqa tatamiga chiqmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Bunga sabab qilib, Tokiodagi mundial davomida unga Eron hukumatidan jiddiy qarshilik bo‘lganligini aytmoqda. Chunki, u yarimfinalda g‘alaba qozonsa, isroillik Sagi Muki bilan finalda bellashish kerak bo‘lardi. Eron hukumati esa, sportchilardan isroilliklar bilan jang qilmasliklarini so‘rar ekan. Aynan, Tokioda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham unga jiddiy bosim qilganliklarini, ya’ni yarim finalda yutqazish kerakligini aytishgan. Said rozi bo‘lmagandan so‘ng, qarindoshlariga o‘tishadi. Yaponiyadagi Eron diplomatlari ham unga ushbu ish yuzasidan aloqaga chiqishgan. Xullas, yarim final hamda bronza uchun kurashda imkoniyatni boy berganligini ushbu tazyiqlar oqibati bilan izohlaydi.

Endi esa, hozirda istiqomat qilayotgan Germaniyadan boshpana so‘rab, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etish istagini ham bildirgan.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer sportchiga barcha imkoniyatlarni yaratib berishga harakat qilishlarini ta’kidlab o‘tgan. Isroillik Mullaining vazn toifasidagi etakchilardan biri Sagi Muki ham uni qo‘llab –quvvatlab, u bilan gilamda to‘qnash kelsa, kurashdan so‘ng uni bag‘riga bosishini aytadi.

Shuningdek, Eron dzyudo federatsisiga nisbatan tergov ishlari boshlanishi barobarida sanktsiyalar qo‘llanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!