Saken Polatov "Asian Boxing" tashkilotining vitse-prezidenti etib saylandi!

  • 2 avgust, 13:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Tailandning Bangkok shahrida "Asian Boxing" tashkilotining navbatdagi kongress yig‘ilishi tashkil etildi. Unda Osiyo qit’asi boksining kelajakdagi rejalari ko‘rib chiqilib, ushbu tashkilot rahbaryatiga nomzodlar saylandi.

Tecno

Unga ko‘ra "Asian Boxing" tashkilotining prezidenti etib, amaldagi rahbar tailandlik Pichay Chunxavajira qayta saylandi. Undan tashqari tashkilotga vitse-prezident nomzodi ovozga qo‘yildi. Ushbu lavozimga Qozog‘iston, Yaponiya, Filippin vakillari va O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov nomzodlar qo‘yilgan edi. Yakunda Saken Polatov ushbu lavozimga saylandi. Ayollar yo‘nalishida vitse-prezidentlik falastinlik Fatima Jbara Ahmed Faqeyatga nasib etdi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!