
Salomatlik har sohada kerak
Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kollejidagi sport zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari «Shaxsiy namuna» tamoyili asosida direktor va uning o‘rinbosarlari ommaviy tarzda jismoniy faollik tadbirlarida ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir tajribali sport murabbiyi nazorati ostida quyidagi uch bosqichda o‘tkazildi:
- Badantarbiya va jismoniy mashqlarni guruhlarga bo‘lingan holda 15 daqiqa bajarish;
- Bir maromdagi kross-yugurish mashqlari, 20 daqiqa;
- Sevimli sport turi (futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va shashka, stol tennisi, kurash) bilan ixtiyoriy shug‘ullanish, 45 daqiqa.
Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga mos ravishda sport zalni qo‘shimcha velotrenajer, yugurish yo‘lakchasi, og‘ir atletika jihozlari va boshqa zarur sport anjomlari bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.
Endilikda, mashg‘ulotlar haftaning alohida ikki kunida, ish vaqtidan bo‘sh vaqtlarda muntazam tashkil etilishi, ayollar uchun alohida aerobika va sheyping bo‘yicha mutaxassislar jalb etilishi, suzish komplekslariga yo‘llanmalar berib borilishi sport bilan shug‘ullanish reja-grafikiga kiritildi.
Manba: aoka.uz
Fikrlar