Samvel Babayan: Endilikda “Navbahor”ni butun Osiyo, hattoki, dunyo tanimoqda

  • 4 sentabr, 2023, 09:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashib, OAV xidimlarining savollariga javob berdi.

"Assalomu alaykum! Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin oson bo‘lmadi. Boisi, bu O‘zbekiston kubogining chorak final bahsi. Yigitlarga rahmat, ular ancha mehnat qilishdi. Menimcha, natija adolatli bo‘ldi.

– O‘yindan keyin maydonning boshqa tarafiga yo‘l olganligingiz muxlislar orasida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shu borada izoh bersangiz...

-  Klub qarorgohidagi xonam maydonga yaqin bo‘lganligi bois, kiyimlarimni almashtirib chiqdim. Bor gap shu xolos. Mish-mishlar borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, mening “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomam bor. Ushbu jamoada faoliyat olib borayotganligimdan faxrlanaman. Ancha mehnat qilib, shu darajaga etdik. Endilikda “Navbahor”ni butun Osiyo,  hattoki, dunyo tanimoqda. Shunday ekan, nega endi klubdan ketishim kerak? Hali amalga oshiradigan ishlarimiz ko‘p. Barcha yo‘nalishda rivojlanishda davom etamiz.

Biz shunday holatga tushdikki, bir oy-u uch kun ichida sakkizta o‘yinda maydonga tushishimizga to‘g‘ri keldi. Bunaqasi o‘zbek futbolida birinchi marta yuz berdi.Shuncha yildan beri ishlab, bunaqasini eslay olmayman.  Biz Qatarda o‘yin o‘tkazganimiz bois, PFLdan taqvimni bizga biroz engillashtirishini so‘radik. Men nolimoqchi emasman. Biroq, biz oxirgi oylardagi g‘alaba qozonolmagan o‘yinlarimizning barchasida, ya’ni chempionat o‘yinlarida adolatsiz tarzda ochko yo‘qotdik.

Masalan, Bekoboddagi uchrashuvning 97-daqiqasida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. O‘sha o‘yinda “Metallurg” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgandik, ammo juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik. Hakam futbolchimizni haqorat qildi, deya maydondan chetlatdi. Ammo u so‘kinmaganligini aytdi. Jizzaxda ham omadsiz bahs bo‘ldi. Bugun g‘alaba qozonmaganimizda, Jizzaxdagidek hodisa ro‘y berishi mumkin edi.

Asosiy raqobatchimiz bo‘lgan  “Paxtakor”ga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limini boy berdik, ikkinchi 45 daqiqalikda esa raqibdan ustun keldik. O‘sha bahsda durang adolatli natija bo‘lardi.

OKMK bilan o‘tkazilgan bahsning oxirida esa gol urish uchun etarlicha imkoniyatga ega bo‘ldik.

Xullas, hech qaysi o‘yinda charchoq yoki ruhiy tomondan mag‘lub bo‘lmadik. To‘g‘risi, menga shunday sharoitda ishlash yoqadi. Iroda, strategiya, xarakter ko‘rsatish kerak bunday vaziyatlarda.

Endi esa shunchaki statistika haqida gapirsam. “Paxtakor” ham shu davr mobaynida 8 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 3 tasida mag‘lubiyatga uchradi va bitta durang qayd etdi. Jamoamiz esa 8 ta o‘yindan ikkitasida yutqazib, ikkita o‘yinda durang o‘ynadi. Nima demoqchi bo‘layotganimni tushunyapsizlar-a? Biz bu vaqt doirasida faqat chempionatda ochko yo‘qotdik. Asosiy raqobatchimiz “Paxtakor” esa bu davrda Superkubokni boy berdi, Pro Liga jamoasidan mag‘lub bo‘lib, kubok bahslaridan chiqib ketdi.

Bunday tig‘iz grafikda jamoa har qanaqasiga yo‘qotishlarga uchraydi. Ruhiy va jismoniy charchoq baribir o‘z so‘zini aytadi. Kimga dardingni aytasan? Iloji yo‘q. Peshqadam bilan etti ochkolik farq bor, kurashishda davom etamiz. Biz O‘zbekiston kubogining yarim finalidamiz, OChL guruh bosqichida o‘ynaymiz. Biz klub, shahar va mamlakat sharafini OChLda himoya qilamiz. Jamoa obro‘sini xalqaro darajaga olib chiqamiz. Shunday holatda men qanaqasiga “Navbahor”dan ketish haqida o‘ylashim mumkin? Axir bundan faxrlanish kerakku!

Bugungi kunda “Navbahor”ni 2-o‘rin qoniqtirmaydi, chunki ambitsiyalarimiz bor. Kurashishda davom etamiz. Chunki tarkibdan yuqori saviyali futbolchilar o‘rin olishgan. 

 

Endi bosim haqida gapirsak. Hatto, terma jamoa futbolchilari ham  o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti, sababi, “Navbahor”da o‘ynash juda qiyin. Men bu erga insonlarni baxtli qilish uchun kelganman. “Navbahor”da iz qoldirmoqchiman, maqsadlarga erishmoqchiman. Bu erda yangi tarix yaratishni maqsad qilganman. Bu ish sekin-asta amalga oshmoqda. Bu erda ish boshlamagan paytimda “Navbahor” qanday holatda edi? Klub 10-o‘rinda edi va Superligada “jon saqlab qolish” uchun kurashayotgandi. Hozir esa “Navbahor” mamlakatdagi eng ommabop klub. Klub rahbariyati ham bizni qo‘llab-quvvatlamoqda, jamoa o‘sishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Atrofdagi boshqa personajlar esa muhim emas. Men uchun baxt – bu bizning Qatardagi o‘yinimizni Namangandagi stadionimizga 10 ming odam to‘planib, monitorda tomosha qilgani. Mana shu haqiqiy baxt. Futbol ochko yo‘qotishlarsiz bo‘lmaydi. Kim kam xato qilsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Millionlar o‘yinida hamma narsa yuz berishi mumkin. Men Namanganda natijaga erishish va insonlarni baxtli qilish uchun ishlamoqdaman.

- Standart vaziyatlarda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, ammo jamoa bu vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmadi. Balki, standart vaziyatlar ustida ishlash kerakdir?

- “Surxon” bizga qarshi umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatmoqda. “Bunyodkor” bilan bo‘lgan bahsda termizliklar hujumlar uyushtirishmoqda va raqib futbolchisi birga bir vaziyatga chiqmoqda. Bizga qarshi esa unday emas.

Har bir jamoa “Navbahor”ga qarshi boshqacha kontsentratsiya bilan maydonga chiqadi. Bizda potentsial yuqori. Chempionatning oxirgi o‘yinida 12 ta burchak to‘pi, “So‘g‘diyona”ga qarshi kechgan bahsda esa 13 ta burchak to‘pi. Biroq, biz bulardan foydalana olmayapmiz. Juda ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovuryapmiz. Bunga ruhiy bosim ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bugungi o‘yinda ham birinchi bo‘limdayoq uchrashuv taqdirini hal qilishimiz mumkin edi. Ikiknchi bo‘limda ham ko‘plab hujumlar uyushtirdik. Yaxshiyam, 8 ta o‘yindan iborat davr ortda qoldi. Vaziyatlarni ko‘p yaratyapmiz. Biroq, to‘p darvozaga kirmayapti. Menimcha, keyingi o‘yinlarda to‘p darvozaga kirishni boshlasa kerak. 

– Bugungi bahsning 1-bo‘limida “Navbahor” 2 nafar hujumchi bilan harakat qildi. Lekin 2-bo‘limda bir nafar hujumchi bilan o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq?

–  To‘g‘ri, biz 2-bo‘limda bir nafar hujumchimizni zaxira o‘rindig‘iga oldik. Lekin ikkinchi 45 daqiqalikda vaziyatlar kam bo‘ldimi? Aksincha, ko‘proq bo‘ldi. Biz Superligada deyarli barcha futbolchilari gol urishga qodir bo‘lgan yagona jamoamiz. Hujumkor futbol faqat 2 nafar forvard gol uradi, degani emas. Falsafa bo‘yicha bunga kim qaysi hududni yopishi, hujumlar uyushtirishi, qachon hujumni qo‘llab-quvvatlashi kabilar ham kiradi. Maydonga 2 nafar vingerni tushirib, uchrashuv sxemasini o‘zgartirganimizdan so‘ng, hujumlar va vaziyatlar ko‘paydi. Bu strategiyani almashtirishimiz evaziga yuz berdi. Ikki nafar hujumchi bilan o‘ynash bu albatta xavfli vaziyatlar yuzaga keladi, degani emas. Hujumlarda futbol falsafasi, qandaydir g‘oya bo‘lishi kerak. Doniyor Abdumannopov ko‘plab bahslarda ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Abrorbek Ismoilov ham bugun zaxairadan maydonga tushib, yuqori saviyada o‘yin namoyish etdi.

Bizda eng asosiysi, o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchilar bor. Bu esa katta pontentsial. Bunga selektsiya ishlarining yaxshi olib borilgani, Namangan viloyati hokimining qo‘llab-quvvatlashi bilan tarkibga yuqori saviyali futbolchilarni jalb etganligimiz sabab bo‘lgan.

Bu anons emas, balki, fakt, ya’ni,  keyingi bahsni Osiyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘tkazamiz. Bo‘lajak o‘yin jamoamiz uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Yuzaga keladigan tanaffus kuchimizni tiklab olish va 18 sentyabrda “Al-Hilol”ga qarshi kechadigan o‘yinga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun yordam beradi, degan umiddaman", - dedi "lochinlar" ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
05/09/2023 06:16
Мактанма товук,оркангдан урар совук.
бек тв
04/09/2023 14:05
ИТАЯН эйфориядасану сал пасро тушгин командени осие жахон таниб нима иш килди всего лиш группага чикдин холос!!!!!! Сани жахон танмйди тугри тоталчилигини атак сан наманган футболи учун дарахтга тушкан куртсан ичидан кемириб кулатиб канчелскийдан баттар киб кетасан чунки арман зотига ишонч йук