Sanchec oldida bir necha takliflar bor

  • 11 iyun, 2024, 14:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aleksis Sanchecning "Inter" bilan shartnomasi yakunlandi. Eronlik Mehdi Taremini o‘z safiga qo‘shib olgan "nerazzurilar" tajribali hujumchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, Chili terma jamoasi to‘purari joriy mavsum avvalida Italiya jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzolagandi.

Tecno

35 yoshli hujumchi oldida turli qit’alardan takliflar bor: "River Pleyt" (Argentina), "Trabzonspor" (Turkiya), "Udineze", "Parma" (Italiya), "Inter Mayami" (AQSh).

Sanches ushbu mavsumda "Inter" safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritgan va 5 marotaba sheriklariga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!