
Sanchesh faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi ma’lum
Renatu Sanchesh faoliyatini "Milan" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Uzoq muddatdan beri davom etayotgan muzokaralar nihoyat yakunlanish arafasida.
Portugaliyalik yarim himoyachi "Lill" bilan shartnomasi uzaytirmasligi haqida avvalroq xabar bergandi. Sancheshning Frantsiya jamoasi bilan amaldagi bitimi 2023 yilning iyun oyida yakuniga etadi.
24 yoshli futbolchi "Lill" safida 91 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar