
Sanjar Fayziev ham o‘z ishini a’lo darajada bajardi
Tailandning Nontxaburi shahrida erkaklar o‘rtasida "Fyuchers" musobaqasining ikkinchi davrasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Mazkur bosqichda tennischimizga amerikalik Dastiy Boyer qarshilik ko‘rsatdi. Uch set davom o‘yinda Sanjar qiynchilik bilan 3:6, 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, S.Fayziev Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning chorak finalida yaponiyalik Rio Nogutiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar