Sanjar Rahmonov 27 yanvar kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi
O‘zbekistonlik professional bokschi Sanjar Rahmonov (9-0-1, KO4) o‘zining navbatdagi jangini 27 yanvar kuni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Jang Las-Vegasdagi “Sam's Town Hotel & Gambling Hall” arenasida tashkil etiladi. Hozircha uning bu to‘qnashuvdagi raqibi oshkor qilinmayotir.
Bundan oldingi jangida bokschimiz o‘tgan yilning 21 oktyabrida amerikalik Jon Dalperdangga qarshi o‘tkazib, 8 raund davom etgan qarama-qarshilikda u raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi.
Sanjar Rahmonov professional faoliyatini 2015 yil iyun oyida boshlagan bo‘lib, shu vaqtga qadar 10 jang o‘tkazgan va shulardan 9 tasini g‘alaba (4 nokaut) hamda 1 durang qayd etgan.

Fikrlar