
Santi Kasorla MLS klubiga o‘tishi mumkin
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, Santi Kasorla yozgi transferlar oynasi vaqtida "Vilyarreal"ni tark etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli yarim himoyachi yozda erkin agent maqomida AQSh klublaridan birida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Kasorlaning xizmatlariga okean ortida aynan qaysi klub qiziqish bildirayotgani xabar qilinmagan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi La Liga doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 4 gollik uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar