Santu APLga qaytmoqda

  • 19 dekabr, 2023, 18:33
  • 0
  • Futbol

"Al-Ittihod" iste’foga chiqargan Nuno Eshpritu Santu APLga qaytish arafasida turibdi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis bilan "Nottingem Forest" muzokaralar olib bormoqda va tomonlar deyarli kelishuvga erishdi. Tez orada shartnomaning batafsil ma’lumotlari chiqadi. 

"Nottingem Forest" APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. Klub Stiv Kuper qo‘l ostida mazkur mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 marta mag‘lubiyatga uchradi. Murabbiy tez kunlarda o‘z lavozimidan ozod bo‘lishi kutilmoqda. 

Santuga Angliya futboli begona emas. U faoliyati davomida "Vulverxempton" va "Tottenxem" kabi jamoalarda ishlagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!