Santush: Ronaldu dunyodagi eng yaxshisi

  • 11 sentabr, 2019, 02:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya bosh murabbiyi Fernandu Santush Litva (5:1)ga qarshi bahsda, Krishtianu Ronalduning qayd etgan "poker"i haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Ronaldu dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Bu aniq va betakror isbot bo‘ldi.

Biz bugun kuchli edik va g‘alabaga haqli edik. 3 ochkoni qo‘lga kirishimiz muhim edi. Endi bizni oldinda yana 4 ta finalga teng uchrashuvlar kutmoqda. Bu o‘yinlarda o‘ynashimiz va g‘alabani tantana qilishimiz zarur.

Ishonamanki, qo‘l ostimdagi futbolchilar buni uddasidan chiqa olishadi va guruhda birinchi qo‘lga kirita olamiz," - dedi Santush.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!