Sardor Germaniyada o‘ynaydi

  • 06.02.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Sardor Azmun yozgacha “Bayer”dan ketmaydigan bo‘ldi.

Ayrim ommaviy axborot vositalari eronlik futbolchini Rossiya chempionatiga qaytishi mumkinligini yozgandi. Biroq, Sardor ortga qaytish niyati yo‘qligini bildirgan.

E’tiborli jihati shundaki, Azmunni o‘z davrida “Paxtakor”ning etakchi o‘yinchilaridan bo‘lgan Marat Kabaev kashf qilgan. Rossiyada iste’dodli hujumchi “Rubin”, “Rostov” va “Zenit” kabi jamoalar sharafini himoya qildi.

Bir yil muqaddam Bayerga ko‘chib o‘tgan Sardor joriy mavsumda barcha turnirlarda 13ta uchrashuvda qatnashib, ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!