Sardor mashg‘ulotlarga kelishdan bosh tortmoqda. Sabab nima?

  • 19 may, 2020, 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Uotford” klubi sardori Troy Dini garchi APL tomonidan mashg‘ulotlarga ruxsat berilgan bo‘lsada, u shug‘ullanishni xohlamayapti.

Tecno

“Mashg‘ulotlarga ruxsat berildi, ammo men hozir qaytmoqchi emasman. Iyul oyi o‘rtasigacha sartaroshga borishga ruxsat yo‘q, lekin 19 ta futbolchi bilan to‘p uchun kurashish? Men bunday tizimga umuman tushunmayapman.

Zararlanish uchun bitta odamdagi infektsiya etarli. Men kasallikni uyimga olib kelishni xohlamayman. Cho‘ntagimdagi pullardan ko‘ra oilam sog‘ligi muhimroq”, - deydi Dini.

Troy joriy mavsum APLda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!