
Saudiya Arabistoni vitse-prezidenti Xenderson nega ketgani haqida gapirdi
Saudiya ligasi vitse-prezidenti Jordan Xendersonning "Ayaks"ga ketishi haqida gapirdi.
Xenderson o‘tgan yozda "Liverpul"dan "Al-Ittihod"ga o‘tib, 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Biroq yanvar oyidayoq yarim himoyachi shartnomani bekor qilib, "Ayaks"ga o‘tdi. U Saudiya Arabistoni iqlimi va tashrif buyuruvchilarning kamligidan noroziligini aytgandi.
"Jordan ketganiga qaramay, ligadagi eng yaxshi xaridlardan biri. Ba’zida hammasi biz kutgandek bo‘lmaydi va futbolchilar ligaga moslasha olmaydi", - dedi Saad Al Laziz.
Fikrlar