Saudiyaliklar “Real”ning ikki yulduzini baribir olib ketadi!

  • 3 fevral, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni klublari yozgi transferlar davriga alohida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shayxlar Evropaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Real” jamoasi yulduzlarini olib ketmoqchi.

Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, “Al-Hilol” madridliklarning braziliyalik ujumchisi Rodrigo Goesni nishonga olgan. Bu klub hozirdan harakatlarni boshladi va “Real”ga 300 million evro badal puli taklif qilmoqda.

Rodrigoning hamyurti Vinisius Juniorga  “Al-Ahli” da’vogarlik qilmoqda.

Saudiyaliklar braziliyalik yulduzlar orqali Professional liga mavqeini yanada ko‘tarish, ularni mahalliy chempionat timsoliga aylantirishni reja qilgan va o‘z maqsadlari yo‘lida mablag‘ ayamasliklarini namoyish etishga urinishyapti.

“Real” rahbariyati oxirgi bir necha transfer oynasi davrida Saudiya Arabistoni klublarining jamoa yulduzlariga uyushtirayotgan “hujumlarini” muvaffaqiyatli qaytarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!