Saul Alvares ketma-ket 3-marta doping qabul qilganligi tasdiqlandi

  • 16.03.2018 15:24
  • 0
  • Boks

Meksikalik bokschi Saul Alvares uchinchi marta ketma-ket doping nazoratidan o‘ta olmadi. Uning qozog‘itonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang oldidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda organizmidan taqiqlangan modda klenbuterol topilgan.

Meksikalik bokschi 2, 5 va 9 mart kunlari ixtiyoriy doping nazoratidan o‘tgan va ularning barchasi oldingi tekshiruv natijalaridek ijobiy chiqqan.

Boksning jamoasi organizmni tozaligini taqdiqlash uchun bu etarli deb hisoblamoqda va taqiqlangan modda go‘sht bilan kirganlinini aytishmoqda.

Golovkin – Alvares ikkinchi jangi 5 may kuni Las-Vegasdagi "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jangning qoldirilishi yoki bekor bo‘lishi haqida rasmiy xabar yo‘q. Ularning birinchi jangi o‘tgan yili 16 sentyabrda bo‘lib, bokschilar durangga imzo chekishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!