
Golovkinga qarshi revansh oldidan Alvares doping qabul qilganligin aniqlandi
Meksikalik bokschi Saul “Kanelo” Alvaresning (49-1-2, 34 KO) o‘rta vazn toifasining WBC, WBA (Super), IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (37−0−1, 34 KO) bilan bo‘ladigan ikkinchi jang oldidan doping nazorati ijobiy chiqdi.
OAV rasman tarqalgan ushbu xabarni Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi ham tasdiqlagan. Ariza matni BoxingScene va yirik nashrlarda chop etilgan.
Doping nazoratiga ko‘ra, Alvares organizmidan klenbuterol moddasi topilgan. Bu preparat mushaklarni kuchaytiradi va yog‘ miqdorini kamaytiradi. Sportdan tashqari bu modda jorvachilikda jonivorlarning massasini oshirishda qo‘llaniladi.
– Men sportni hurmat qiladigan sportchiman. Bu meni hayron qoldirib, bezovta qilmoqda, chunki bunday vaziyat umuman bo‘lmagan. Men buni to‘liq aniqlash uchun barcha testlarni topshiraman. Umid qilamanki, barchasi ko‘ngildagidek yakun topadi, – deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi Golden Boy promouterlik kompaniyasi.
Golovkin – Alvares ikkinchi jangi 5 may kuni Las-Vegasdagi "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jangning qoldirilishi yoki bekor bo‘lishi haqida rasmiy xabar yo‘q. Ularning birinchi jangi o‘tgan yili 16 sentyabrda bo‘lib, bokschilar durangga imzo chekishgan.
Fikrlar