Sen orqamdan pichoq urding!

  • 5 iyun, 2024, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Arsenal”ning sobiq hujumchisi Per-Emerik Obameyang jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan yuzaga kelgan mojaroli vaziyatga oydinlik kiritdi.

Bu ziddiyat 2021 yilning boshida yuz bergan va gabonlik to‘purar intizomsizligi ro‘kach qilinib, jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatilgan edi. O‘sha paytda Obameyang kasal bo‘lib qolgan onasiga qarashiga to‘g‘ri kelgandi.

- O‘shanda men klub bazasiga kelganimda bosh murabbiy majlisni yakunlayotgan ekan. U meni tutib olib: “Sen orqamdan pichoq urding. Boshimizdan o‘tkazayotgan vaziyatdan kelib chiqib, menga nisbatan bunday qilolmaysan”, deb baqirib ketdi.

Men javob qaytarishdan o‘zimdan tiydim.Chunki oqibati yaxshi bo‘lmasligini bilardim. Men hech qanday bazmlarga borganim yo‘q. Yo‘qligim sababini Arteta ham yaxshi bilardi. Shu bois, u nega menga baqirganini tushunganim yo‘q.

Jimgina uyimga ketayotgan edim, jamoa shifokori telefon qilib, bosh murabbiy meni ko‘rishni istamayotganini aytdi, - dedi Per-Emerik Obameyang. 

Keyinchalik gabonlik tajribali futbolchi Londonni tark etib, “Barselona”ga o‘tib ketdi. Obameyang “Arsenal”da 2018-2022 yillar davomida 128 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 68 ta gol yozdirib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!