Serbiyalik futbolchi "Dinamo" bilan xayrlashdi

  • 09.12.2025 22:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik futbolchi Marko Stanoevich Samarqandning "Dinamo" klubi bilan xayrlashdi. Bu haqida o‘yinchining o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi. 
 
37 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum samarqandliklar safida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 1563 daqiqa harakat qildi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, tajribali o‘yinchi "Dinamo"dan avval bir necha yillar oralig‘ida Qarshining "Nasaf" klubi sharafini himoya qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!