Sergey Fomin yakkaliklar o‘rtasida tengsiz
Rossiyaning Qozon shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin g‘olib bo‘ldi.
Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnir finalida Sergey Fomin mezbonlar vakili Evgeniy Tiurnevga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan ushbu o‘yinda tennischimiz 6:4, 3:6, 6:3 hisobida zafar quchdi. Mazkur g‘alaba Sergey uchun yakkalik bahslarining bosh sovrinini ham keltirdi.

Fikrlar