
Sergey Kovalyovning gavda qismida muammo bormidi?
Yarim og‘ir vazn toifasidagi WBO chempioni Sergey Kovalyov gavda qismiga zarbalarni o‘tkazib yuborganda muammolarga duch keladi degan fikrga izoh berdi.
“Nega hamma bu bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda deb o‘ylaydi? Bu bilan xech qanday muammo yo‘q. Hech kim meni gavda qismimga zarba yo‘llab, nokautga uchratmagan. Bu fikr qaerdan chiqqanini bilmayman.
Uord bilan ikkinchi jangmi? U gavda qismimga emas, belning ostiga zarbalar berdi! Quloq tuting, 2 noyabr kuni men jang qilaman va nima bo‘lishini ko‘rasiz ", - dedi Kovalyov.
Eslatib o‘tamiz: 2noyabr kuni Las-Vegasda Kovalyov o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Saul Alvarecga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar