Serial tugadi! Devis "Bavariya" bilan shartnomasini yangilamoqda

  • 18 yanvar, 02:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" 2025 yilning yozida ikkita katta transferni tekinga amalga oshirishni rejalashtirgan. Shulardan biri Alfonso Devisdir. Ammo Madrid tomoni bu futbolchidan quruq qollyapti. 

Tecno

David Ornshteyn xabar berishicha, kanadalik himoyachi myunxenliklar bilan shartnomasini yangilash arafasida turibdi. Klub unga 4 yillik bitim taklif qildi. Kichik bandi bo‘yicha kelishib olinsa, uning qolgani rasman e’lon qilinadi. Bir necha kun oldin 24 yoshli futbolchining "Real"ga o‘tishi aniq bo‘ldi, degan edi Ispaniyaning "Marca" nashri. Ammo bu ma’lumotlar endi to‘g‘ri emas. 

Image

Alfonso ancha vaqtdan beri "Bavariya" bilan muzokaralar olib bordi. Uni o‘tgan yildan beri "qaymoqranglilar" ta’qib qilib keldi va Dani Karvaxalga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilayotgandi. Uzoq muddatga safdan chiqqan ispaniyalik himoyachi o‘rni ayni paytda Lukas Vaskes bilan to‘ldirilyapti va bu muxlislarga unchalik ham yoqayotgani yo‘q. Ayniqsa, so‘nggi "el-klasiko"dan keyin u yana xeyt qilina boshladi. Rahbariyat esa bunga echim izlamayotgandi, chunki ular Devisning kelishiga ishonishar edi. Endi vaziyat o‘zgarishi mumkin. 

Image

2019 yildan beri Myunxen klubida to‘p tepadigan Alfonso so‘nggi marta 2020 yilda shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirgandi. Jamoa ham uni tekinga qo‘yib yuborishni istamadi bu uchun ko‘p harakat qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!