Serxio Ramos, Benzema va Kazemiro qaydnomaga kiritilmadi

  • 21 noyabr, 2020, 02:40
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya La Ligasining 10-turida "Real" o‘z maydonida "Vilyarreal" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Madridda bo‘lib o‘tadigan bellashuv uchun Zinedin Zidan shogirdlarining qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.

"Qirollik klubi"ga koronavirus yuqtirib olgani uchun Luka Yovich, Serxio Ramos, Karim Benzema, Kazemiro, Alvaro Odriosola, Eder Militao va Federiko Valverde yordam berolmaydi.

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Altube;

Himoyachilar: Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Mendi, Chust;

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Edegor, Isko, Subela;

Hujumchilar: Azar, Asensio, Vaskes, Vinisius, Mariano, Rodrigo.

Uchrashuv 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!