Seshanba kuni "Evro-2020" qoldirilishi e’lon qilinadi
17 mart kuni UEFA tashkiloti 55 ta assotsiatsiya vakillari, FIFPro vakillari, Evropa ligalari a’zolari va Evropa klublarining assotsiatsiyasi boshliqlari ishtirokida video-anjuman o‘tkazadi.
Ushbu yig‘ilishda koronavirus sabab, Evrokuboklar, terma jamoalarning xalqaro o‘yinlari va "Evro-2020" musobaqasi qoldirilishi ko‘rib chiqiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni UEFA tashkiloti "Evro-2020" turnirini 2021 yilga qoldirilishini e’lon qiladi.
Fikrlar