
Setanta Sports+ Sportning haqiqiy muxlislari uchun!
Setanta Sports+ Sportning haqiqiy muxlislari uchun!
“Setanta Sports” sport platformasi Evropa va Osiyoning 14 mamlakatida ishqibozlar uchun o‘ziga xos tomosha tajribasi va yuqori qulaylik taklif etgan holda namoyish etilmoqda.
O‘zbekistondagi faoliyatining birinchi yilidan kompaniya tomoshabinlar qiziqishlariga e’tibor qaratib, sport muxlislari uchun eng yaxshi takliflarni yaratib kelmoqda. Endi platforma obunaning yangi Setanta Sports+ formatini taqdim qiladi.
Setanta Sports + ga nimalar kiradi?
Setanta Sports+ foydalanuvchilari barcha sport kontentlarini cheklanmagan tarzda tomosha qilishadi. Bunga translyatsiya va o‘yinlarni to‘liq qaytadan ko‘rish, e’tiborli holatlar videosi (xaylaytslar), hujjatli filmlar va qo‘shimcha videolar kiradi.
Kontentga istalgan qurilmadan kirish mumkin. Multitomosha yordamida bir paytning o‘zida to‘rttagacha uchrashuvni tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Setanta Sports+ O‘zbekistonda nimalarni namoyish etadi?
Setanta Sports + obunasi jahondagi eng yaxshi sport hodisalariga cheklovsiz kirishni istaganlar uchun ideal tanlov sanaladi.
UEFA Chempionlar Ligasi
Angliya Premer-ligasi
Formula 1
UFC
Ispaniya La Ligasi
Italiya A seriyasi
Germaniya bundesligasi
Frantsiya 1-Ligasi
Gollandiya Eredivizisi
Shotlandiya Premer-ligasi
Angliya chempionshipi
MBA
Evroliga
MXL
ATP va WTA musobaqalari
Obuna bo‘lish uchun ushbu havolaga o‘ting: app.setantasports.com/signup
Ma’lum o‘yin va translyatsiyalar “Setanta Sports”ning OTT platformasida bepul namoyish etiladi.
Fikrlar