
Shahobiddin Zoirov raqibini tor-mor keltirgan jangdan fotogalereya
Boks bo‘yicha Rio-2016 chempioni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) o‘z sovrinini himoya qilishni boshladi. Vakilimiz hozirgina turkiyalik raqibini mag‘lub etdi.
Tajriba va mahorat bobida ancha ustun bo‘lgan Zoirov Batuxan Chiftchiga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Bahsni boshqarib borgan hakamlarning barchasi Shahobiddinning g‘alabasini e’tirof etishdi. Quyida ushbu jangdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar