
Shahobiddin Zoirov rossiyalik bokschiga qarshi ringga chiqadi
Professiolnal boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov 12 iyul kuni Rossiyaning Serpuxov shahrida bo‘lib o‘tadigan "IBA" Chempionlar oqshomida mezbon vakili Dmitriy Dvaliga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 53.5 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi va sakkiz raundga mo‘ljallangan.
Dmitriy Dvali 2024 yil boshida Jahon chempioni bo‘lgan va 2023 yilda Jahon chempionati bronza medali sovrindori hisoblanadi. Dvali professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. U mart oyida Sochida bo‘lib o‘tgan turnirda hamyurtimiz Jasurbek Latipovni muddatidan oldin mag‘lub etgan.
Shahobiddin Zoirov 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioni, 2019 yilgi jahon va 2021 yilgi Osiyo chempioni hisoblanadi. U prof boksda 5 ta g‘alaba qayd etgan.
Shuningdek, 12 iyul kungi turnirda ikki karra Jahon chempioni va 2020 yilgi Olimpiada finalchisi Muslim Gajimagomedov (3–0, KO 2) va xitoylik Chjan Chjao Xin (12–2) o‘rtasida WBA kamari uchun ringga chiqadi.
Asosiy jangda 2020 yilgi Olimpiada chempioni Artur Batirgaziev (10-0, KO 7) irlandiflik Jono Kerroll (24-2-1, KO 7)ga qarshi super og‘ir vazn toifasida WBA kamari uchun ringga ko‘tariladi.
Fikrlar