
Shahram G‘iyosov UFCga o‘tishi mumkinligini inkor etmadi
"Rio-2016" Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bokschimiz Shahram G‘iyosov boks va MMAni o‘zaro solishtirib, kelajakda UFC bilan ishlashi mumkinligi haqida gapirdi.
"Boks o‘z yo‘lida, MMA o‘z yo‘lida! Har ikkisining o‘ziga yarasha muxlislari bor. Haqiqatdan ham UFC oxirgi 2, 3 yil ichida juda ham rivojlanib ketdi, butun dunyo tomosha qilyapti va qiziqish ortib ketdi.
Nimaga? Chunki, vahshiylik, qon to‘kilishi va nokautlar ko‘p. Shuning uchun ham odamlarning qiziqishi kuchayib ketmoqda. MMAda qo‘l, oyoq zarbalari va hamma narsa bor, boksda esa faqat qo‘l bilan urish mumkin. Qo‘lqoplar ham kattaroq. Boks bu san’at! Raqibni qanday aldash, zarba berish, taktika qilish, strategiya tuzish...
MMA bu san’at emas, ammo men hech qachon bu sport turini yomon demaganman, o‘zim ham doim kuzatib boraman, juda ham qiziqaman. Boya aytganimdek, har ikki sport turining o‘z yo‘nalishi va muxlislari bor.
UFCga o‘tishim mumkinligi haqida bir narsa deyolmayman. Hozirda rejalarim va maqsadlarim to‘liq boksga qaratilgan, ammo shunday taklif bo‘lib turadiki, inson yo‘q deya olmay qolishi mumkin. Rostini aytsam, bilmadim," - dedi G‘iyosov.
Fikrlar