Shakira Messi va Argentina terma jamoasiga murojaat qildi
Mashhur qoʻshiqchi Shakira jahon chempionati finalidan soʻng ijtimoiy tarmoqlar orqali Lionel Messi va Argentina terma jamoasiga murojaat qildi.
- Argentinaliklar, sizlar bilan faxrlanaman. Messi – eng buyuk futbolchi. Lotin amerikaliklar nomini jahon chempionatida shunchalik munosib himoya qilganingiz uchun rahmat. Sizlar abadiy yuragimdasiz, – deb yozdi mashhur xonanda oʻz sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, Argentina terma jamoasi finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi. Lionel Skaloni shogirdlari keskin kurashda minimal hisobda magʻlubiyatga uchradi – 0:1. Yakuniy natijani esa qoʻshimcha boʻlimlarda Ferran Torres urgan yagona gol hal qildi.

Fikrlar