Sharofiddin Boltaboev final jangida italiyalik raqibiga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

  • 6 mart, 2021, 19:20
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Hozirgina Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turnirining ikkinchi kun bahslari yakuniga etdi. Final bellashuvlarining so‘nggisida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasidagi yakuniy to‘qnashuvda hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboev italiyalik Kristian Parlatiga qarshi kurash olib bordi. 

Tecno

Jang davomida to‘liq ustunlik qilgan Boltaboev "Golden score" vaqtida vazari bahosi evaziga mag‘lub bo‘ldi. Parlati qo‘shimcha bo‘limga 2 ta shido bilan kirganiga qaramay, yakunda o‘zi uchun kerakli natijani ta’minlay oldi. 

Ertaga soat 9:30 da so‘nggi kun bahslari start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!