Shatskix: Ob-havo biroz halal berdi

  • 6 may, 2023, 22:34
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 9-turida safarda “Turon”ni minimal hisobda mag‘lub etgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi rotatsiya va zaxiradan o‘yinchi tushirmagani haqidagi savollarga javob berdi.

Tecno

“Bugun muxlislarga yoqadigan qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Afsuski, ob havo sharoiti biz kutgan o‘yinni namoyish etishga biroz halal berdi. Umuman olganda, bugun faqat g‘alaba qozonishni reja qilgandik va buni uddaladik”, - dedi Shatskix.

“Avval ham aytganimdek, jamoada zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchilar deyarli yo‘q. Ayrimlari betob, qolganlari esa, yoshlar terma jamoasi yig‘inida. Rotatsiya qila olmayman. Bunga imkon yo‘q. Shuning uchun ham, bugun zaxiradan hech kimni tushirmadim. Ha, bilaman, bu juda qiyin, men ham futbolchi bo‘lganman, futbolchilarga almashtirishsiz o‘ynash katta jismoniy yuklama ekanini bilaman, ammo, aytganimdek, zaxiradan tushishga hech kim yo‘q. Hozirgi vaziyatda imkoniyatlarimiz biroz cheklangan”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
08/05/2023 08:38
Эй ахмок об-хавони хам бахона килдингми сан узи кандай тренер булиб юрибсан доимо сенда бахона тайёр ношукр булма судьялардан тортиб канча футболни бир тийинга олмайдиган окахонларингни хам алдаб йулга солиб юрибсанку узингни бечора курсатмагин