Shavkat Rahmonov o‘zining kamchiligini aytdi

  • 27.12.2023 11:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 UFC jangchisi Shavkat Rahmonov (17-0) o‘zining asosiy kamchiligini aytib o‘tdi.

“Mashhurlik ortib borayotganiga ko‘nikib qoldingizmi? Albatta, mashhurlik ortib bormoqda. Lekin hali ham men juda kam gapiradigan odamman. Faqatgina janglarda o‘zimni ko‘rsatishni yoqtiraman. Balki bu mendagi kamchilikdir. Menimcha, har kimning o‘z iste’dodi bor. Ba’zilar ravon nutqi tufayli pul topsa, kimdir jang qilish orqali topadi. Fikrimcha, hozirda men uchun hammasi yaxshi, lekin til nuqtai nazaridan emas (kuladi). Nima ham derdim, ommaviy axborot vositalari bizni nutqiy tomonlama to‘ldirib turgan paytda, menga yana ham kerak bo‘lardi ? - dedi jangchi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Rahmonov so‘ngi jangida Stiven Tompsonni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!