Shavkat Rahmonovning jangga qaytish muddati e’lon qilindi

  • 28.02.2026 11:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Qozogʻistonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov yaqinda yana bir operatsiyani boshdan kechirdi. "Chempionat.som" nashri esa sportchining ahvoli haqida uning murabbiyi Eduard Bazrov bilan suhbatlashdi. 

– Barchani qiziqtirayotgan asosiy savol: Shavkat Rahmonovga nima boʻldi? Uning tizzasi bilan bogʻliq muammolar nega uzoq vaqt davom etyapti?

– Ha, toʻgʻri aytasiz, bu savol hozir nafaqat Qozogʻiston, balki, mubolagasiz aytsam, butun dunyodagi muxlislarni xavotirga solmoqda. Janglarni tushunadigan va Rahmonov kim ekanini biladigan odamlar u uchun qattiq qaygʻuryapti. Bu eski, juda eski jarohat. Ushbu operatsiya Shavkatga yoshligidayoq qilingan edi, biroq vaqt oʻtishi bilan yana zarurat tugʻildi. Muammo oyoqda, shuning uchun tiklanish jarayoni choʻzilib ketdi. Bilasiz, hochsimon bogʻlamlar juda uzoq vaqtda tiklanadi. Hozircha shuni ayta olaman. Mashgʻulotlarga esa toʻliq reabilitatsiyadan keyingina qaytish mumkin, bu kamida yarim yil vaqt oladi.

Gʻiyosiddin Uralov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!