Shaxmat. Jahon Kubogi 2025: Juftliklar e’lon qilindi!

  • 7 oktabr, 15:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Turnir Hindistonning Goa shahrida 31 oktabrda boshlanadi! 

Tecno

Turnir formatiga ko‘ra, 206 ishtirokchi, nokaut; yuqori reytingdagilar 1/64 bosqichdan boshlaydi.

O‘zbekiston vakillari va start juftliklari:

Nodirbek Abdusattorov — 1/64dan . Raqib: Diego Flores – Denis Makhnev juftligining g‘olibi.

Javohir Sindarov — 1/64dan boshlaydi. Raqib: Nikita Petrov – Kirk Ghazarian juftligining g‘olibi.

Nodirbek Yakubboev — 1/64dan boshlaydi. Raqib: Niclas Huschenbeth – Bilel Bellahcene juftligining g‘olibi.

Muhammadzohid Suyarov — 1/128dan boshlaydi. Raqib esa 2024-yilgi nomzodlar turniri ishtirokchisi Nijat Abasov.

Shamsiddin Vohidov — 1/128dan boshlaydi. Raqib Jaloliddin Ilhomi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!