Shlotterbek “Real” va “Bavariya” qiziqishi fonida kelajagi haqida gapirdi

  • 20 oktabr, 14:47
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek Evropaning etakchi jamoalari qiziqishi fonida o‘z kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Avvalroq futbolchining xizmatlariga “Real Madrid” va Myunxenning “Bavariya” klublari qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

Tecno

"Mening klub bilan shartnomam yana bir yarim yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan. Yaqin orada sport direktori Sebastyan Kel bilan suhbatlashib, reja tuzamiz va natijalarini ko‘ramiz. Men Dortmundda o‘zimni juda yaxshi his qilaman va shu erda faoliyatimni davom ettirishda hech qanday muammo ko‘rmayapman. Biroq bu, shubhasiz, mening kareramdagi muhim qaror bo‘ladi", — dedi Shlotterbek Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli himoyachi “asalarilar"” safida 2022 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum yakunlanguncha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!