Shomurodov Beyl bilan birga o‘ynashi kutilmoqda!

  • 10 iyun, 2022, 19:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joze Mourino kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish bo‘yicha bosh qotirmoqda. “Roma”dan ketadiganlar nomi deyarli aniqlab bo‘lingan. Bosh murabbiy ishonch bildirishda davom etadigan futbolch orasida Eldor Shomurodov ham bor. Mourino legionerimiz o‘zini ko‘rsatishi uchun yana bir mavsum imkoniyat berishga qaror qildi.

Portugaliyalik murabbiy o‘z jamoasida kutayotgan o‘yinchilar safi kengayib borayotganini ham ta’kidlash lozim. Mourino kelasi mavsum oldidan Garet Beylni Rimga olib kelmoqchi. Uelslik yulduzning “Real” bilan shartnomasi tugadi. Uning terma jamoasi 2022 yilning oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashadi.
Beyl mundialgacha yuqori sport formasini ushlab turish uchun o‘ziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan jamoaga o‘tishni xohlayapti. Asosiy xaridorlar Angliya tomonlardan chiqmoqda.

Biroq, Joze Mourino uelslik hujumchiga “Roma” tarkibidan joy berishga tayyor.

32 yoshli futbolchi “Real”ga 2013 yili 100 million evro evaziga “Tottenxem”dan olib kelingan. Shundan beri Garet madridliklar safida jami 258 ta uchrashuvda maydonga tushib, 106 ta gol va 67 ta assist muallifi bo‘ldi.

Garet Beyl o‘ng qanot hujumkor futbolchisi hisoblanadi. U Eldor Shomurodov kabi har ikki qanot va hujum markazida ham o‘ynay oladi.

289a7e

“Milan” rimliklarni transferga ko‘ndirdi

“Milan” rahbariyati transfer huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan 31 yoshli himoyachi Alessandro Florentsini to‘liq o‘z safida olib qoladigan bo‘ldi.

Milanliklarda Italiya terma jamoasi o‘yinchisining ijara muddati tugaganidan keyin uni 4,5 million evro evaziga to‘liq transfer qilish huquqi bor edi. Biroq chempion jamoa bu summani pasaytirishga harakat qilayotgan edi.

Calciomercato.com saytining xabar berishicha, Rim klubi mutasaddilari belgilangan narxdan chegirma qilishga rozilik bergan. Ular o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchini Milanga jo‘natish uchun 3-3,5 million evro miqdorida kompensatsiya oladigan bo‘ldi.

“Milan” boshida Florentsini 2,5 million evroga sotib olmoqchi edi. “Roa” sport direktori Tyagu Pinto bu summaga ko‘nmaganidan keyin milanliklar taklifni o‘zgartirdi.

Florentsi “Milan” chempionligi bilan yakunlangan chempionatda 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.

1645106429_florenzi5

“Roma” o‘yinchi almashadi

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino talabiga ko‘ra, himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Lill”dan Zeki Chelikni olib kelmoqchi.

Frantsuz klubi 25 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Ular bu transfer uchun 9 million evro talab qilyapti.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, rim klubi mutasaddilari bu transfer narxini tushirish uchun shartnomaga Jordan Vernetuni qo‘shmoqchi. Joze Mourino kelasi mavsum frantsiyalik futbolchiga ishonch bildirmoqchi emas.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Lill” ham bu rokirovkaga moyillik bildirgan. Endi tez kunlarda har ikki tomon mutasaddilari o‘yinchi almashish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Zeki Chelikning o‘zi Rim klubi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Unga ko‘ra, o‘ng qanot himoyachisiga har mavsum uchun ikki million evro to‘lanadi.

Chelik o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.

499220_680

Shomurodovning bu ishini Mourino hech qachon unutmaydi!

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азат Каримов
10/06/2022 22:44
Нимага Элдорни 1ой ичида 5 та командага утказдинглар сизларга уят
Meksikanes TV
10/06/2022 10:39
Гарет Бейл ньюкасл юнайтедга у́тади менимча