Shomurodov bir taym o‘ynagan bahsda "Roma" durangga imzo chekdi (videosharh)

  • 24 iyul, 2022, 09:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" Portugaliyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rimliklar bugun yig‘in doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Joze Mourino shogirdlari Frantsiyaning "Nitstsa" klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda Eldor Shomurodov 1-daqiqadayoq gol urdi. Biroq hakamlar o‘sha vaziyatda o‘yindan tashqari holat ekanligi bois uning golini inobatga olishmadi.

Birinchi taym oxirlarida frantsiyaliklar futbolchisi Braimi darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda Lemina avtogol muallifiga aylandi. Shu tariqa, bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Quyida mazkur uchrashuvning videosharhini tomosha qiling.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!