
Shomurodov bugun asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki zaxiradan? - "La gazzetta dello sport" nashrining taxmini (Foto)
30 oktyabrdan Italiya chempionatida 11-tur bahslari boshlandi. Bugun kun doirasidan o‘rin olgan 6 ta o‘yin bor.
Ular orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bellashuvdir. Rimliklar bu gal jiddiy sinov qarshisida. Sababi, Eldor Shomurodov jamoasi "Milan" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.
"Bo‘rilar" ayni paytda 10 turda 19 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Milanliklar esa shuncha o‘yinda 28 ochko jamg‘arib, 2-pog‘onani band etgan.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi Lagazzettadellosport nashri jamoalarning ushbu o‘yin uchun taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yana zaxirada qoldirilgan. Hujumda doimgidek Abraxam.
Fikrlar