
Shomurodov jarohat oldi
“Jenoa” rasmiy sayti o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov jarohatlangani haqida xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, hamyurtimiz o‘ng sonidan shikastlangan. Eldorning Italiya kubogi doirasida “Katandzaro” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qatnashmagani ham shu jarohat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Mutaxassislar o‘zbekistonlik hujumchi 1 noyabr kuni “Sampdoriya” va 4 noyabrda “Torino”ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Ularning aytishicha, Shomurodov 8 noyabr kuni “Roma”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yindagacha jarohatidan tiklanib oladi.
Eldor Shomurodovga oid tezkor xabarlarni saytimizda kuzatib boring!
Fikrlar