"Shomurodov ham “Rostov”da birdaniga asosiy futbolchi bo‘lmagan!"

  • 29 oktabr, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jasur Jaloliddinov Rossiya premer-ligasidagi debyutini kutmoqda. “Lokomotiv”da ham, “Tambov”ga o‘tganidan keyin ham, 18 yoshli futbolchimiz bir necha uchrashuvlarda o‘yin qaydnomasiga kiritilganiga qaramay, maydonga tushgani yo‘q.

U o‘ziga beriladigan imkonni kutmoqda.

Ayrim ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, Jasur avvaldan “Lokomotiv” o‘yinlarini kuzatib yurmagan. U barcha o‘zbekistonliklar kabi Eldor Shomurodovning “Rostov”da zo‘r o‘ynay boshlaganidan keyin, Rossiya futboliga alohida e’tibor bilan qaraganini tan oldi.

Jasur Jaloliddinov ikki mamlakat futbolini solishtirar ekan Rossiya futboli jismoniy kuchga tayanishini, O‘zbekistonda esa, o‘yinchilarning texnik jihatiga urg‘u berilishini aytdi.

Shuningdek, yosh yarim himoyachimiz Moskvada unga eng ko‘p yordam bergan futbolchilar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- “Lokomotiv”ga borganimda menga Gilerme ko‘p yordam bergan. Birinchi mashg‘ulotdayoq, oldimga kelib, biror yordam kerak bo‘lsa, unga tayanishim mumkinligini aytgandi. Umuman olganda, jamoa bir oiladek bo‘lib ketgan. Birinchi intervyuda mendan kim bilan birinchi bo‘lib tanishishni xohlashimni so‘rashgandi. O‘shanda Aleksey Miranchukni aytgandim. Chunki u Rossiya futbolidagi kumirim. Keyin u bilan uchrashdim. Birga shug‘ullandik. Menga ko‘p yordam berdi.

 

photo_2020-09-02_03-40-53_1

 

U menga o‘xshab chapaqay. Uning o‘yin uslubi, hamisha o‘rganish va mahoratini oshirish ishtiyoqi yoqadi.

Menimcha, Miranchukning darajasi “Atalanta”dan yuqori. Unga kuchliroq klublar ham qiziqayotgani haqida yozishgandi. Men Aleksey ketishni istayotganini sezgandim. Shuning uchun u bilan ko‘proq muloqot qilib, undan ko‘proq o‘rganishga harakat qildim.  Mashg‘ulotlarda uning harakatlarini qaytarishga urinardim. Menga munosabati yaxshi edi. “Loko”dagi so‘nggi o‘yini – “Zenit”ga qarshi uchrashuvdan keyin avtograf va birga suratga tushishni so‘radim. Miranchuk  mehnat bilan o‘sishga erishishim kerakligini va menga ishonishini aytdi.

Shuningdek, Jasur Jaloliddinov O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi eng kuchli hujumchisi Eldor Shomurodovga ham muxlislik qiladi. Eldor yosh futbolchiga qimmatli maslahatlari bilan yordam berib turadi.

15255570 (1)

18 yoshli futbolchimiz Rossiya futbolida o‘z o‘rnini topish oson bo‘lmasligini juda yaxshi biladi.

- Albatta, transfer vaqtida hech kim mening yangi jamoadagi o‘rnimni kafolatlagani yo‘q. Men darhol asosiy tarkibdan joy olmasligimni ham bilardim. Men uchun hammasi oldinda. Shomurodov ham “Rostov”da birdaniga asosiy futbolchi bo‘lmagan, qariyb bir yil zaxirada o‘tirgan edi, - deydi Jasur.

Xullas, Jasurning oldida katta mas’uliyat turibdi. Chunki keyingi yillarda Rossiyaga ko‘chib o‘tgan futbolchilarimiz faoliyatida faqat o‘sish kuzatilyapti. Jaloliddinov ham ularning davomchisi sifatida o‘zini ko‘rsatish orqali, legioner sifatida o‘zbek futbolining xorijdagi imijini ko‘tarishi kerak.

Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov evropaliklardan kuchsiz emas!

 A Seriyada o‘zbek derbisini ko‘rishimiz mumkin edi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
28/10/2020 10:23
Жасур Италияга кетган Миранчук ва Шомуродовга ҳавас қиляпти.

Бу бола журналит бўлиши керак эди. Фақат интервью берадиган эмас, интервью оладиган. Ҳали майдонга тушгани йўғ-у, ўзини пиар қилишдан тўхтамайди. Ғирт аҳмоқ бола экан. Бу сайт ҳам чайналгандан чайналди. Битта материални эллик марта қайтариб қўяверади. Бўлдида, обрўларингни сақла. Нима, ёзадиган мавзу ёки материал қуриб қоптими?
Vohid Shabaev
28/10/2020 12:27
Туппа тугри. Лекин менинг худди шундай фикримга минус босганлар булди СА да.
&
Okasi
29/10/2020 08:51
Ҳафа бўлманг, бир кам дунё... Сайтдагиларни ҳаммасининг ҳам ўз фикрлаш доираси бор. Кимдир 50 мертга кучаниб югуради ва тили осилиб қолади, кимдир 100 мертга бамайлиҳотир, шошилмасдан тез югуради ва бояги 50 мертга боргунича 100 метрга бориб келади. Соғ ва омон бўлишга мажбурсиз!
Abduvali Rustamov
29/10/2020 18:46
Nima bu yulduzlik kasalimi nimaga shu bolani tinch qoymayapszlar undan kora mashgulot otkazib asosiy tarkibga munosibligini isbotlasin.Shunda intervyu bermasaxam mashxurlik qozonadi Xozir faqat quruq gap.Boshqa xech nima yoq. Bu adashmasam oxirgi 1 oydagi 3yoki 4 imtervyusi Jasurning.Intervyularining soni tushgan oyinlaridan kop bolib ketti.