
Shomurodov maydonga tushgan o‘yinda "Milan" g‘alaba qozondi (video)
Bugun Italiya A Seriyasining 31-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan “Jenoa” safarda “Milan” mehmoni bo‘ldi. “San Siro”dagi bellashuv 2:1 hisobida “rossonerilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, Ante Rebich “Milan”ni hisobda oldingan olib chiqqan bo‘lsa, 37-daqiqada Mattia Destro Donnarumma qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va muvozanatni tikladi. Ammo 68-daqiqada “Jenoa” futbolchisi Janluka Skamakka avtogol sohibi bo‘ldi va jamoasining mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 74-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar