Shomurodov “Rostov”dagi mavqeini boy berdi
O‘zbek hujumisi Eldor Shomurodov yaqingacha “Rostov”ning eng qimmatbaho futbolchisi edi. Endi hamyurtimiz bu mavqeini norvegiyalik legioner Matias Normannga boy berdi.
Transfermarkt portali Rossiya premer-ligasining yangi mavsumi oldidan jamoalar futbolchilarining transfer summalarini yangiladi. Umuman olganda, ko‘pchilik o‘yinchilarning narxi oshgan. Shu kungacha 37,7 million evroga baholangan “Rostov” tarkibining yangi narxi 53,9 million evroni tashkil qilmoqda.
O‘z o‘rnida, Eldor Shomurodovning ham transfer summasi 1,3 millionga ko‘tarilib, olti yarim million evroga etdi. Biroq, uning jamoadoshi Matias Normanning transferi 2,7 million evroga oshdi va endi bu yarim himoyachi Eldordan roppa-rosa 1 million evroga qimmat turadi.
Aynan Eldor Shomurodov va Matias Normann Rostovdagi Rossiya va xorij klublarining e’tiborida turgan va joriy transferlar mavsumida eng xaridorgir futbolchilar hisoblanadi.

Fikrlar
Eldor, Sardor , Oston , Jasur shu tor'rtalasi atrofidagi mish-mishlar jonga tegib ketdi!
Porlash uchun tinimsiz ustida ishlash kerak bo'lsa yolg'iz shug'ullanish zarur!